06:30 / 16.12.2018
4 293

Sankt-Peterburgda 58 xonali xonadon borligi ma’lum bo‘ldi

Sankt-Peterburgda 58 xonali xonadon borligi ma’lum bo‘ldi
Sankt-Peterburgning Moskovskiy rayonida 58 xonali xonadonning ikki xonasi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda rieltorlardan biri o‘zining Facebook-akkauntida ma’lum qildi.

«Hayotda hamma narsani ko‘rishni istaganlar uchun — Sankt-Peterburgdagi 58 xonali xonadonni ko‘ring. Ha, qonunchilikning mukammal emasligi sababli boshog‘riq paydo qiluvchi va uy egasiga ham, rieltorga ham noqulaylik tug‘diruvchi mana shunday xonadonlar bor», deb yozdi ko‘chmas mulk agenti.

Rieltorning aniqlik kiritishicha, 58 xonali xonadon sobiq umumiy yotoqxona bo‘lib, xususiylashtirishdan so‘ng xonadonga aylangan. Unda barcha yashovchilar uchun 50 metrli bitta oshxona mavjud, to‘rtta xonaga bitta sanitariya tarmog‘i to‘g‘ri keladi.

Sotuvga ikkita xona qo‘yilgan bo‘lib, ularning umumiy maydoni 40 kvadrat metrni tashkil etadi. Bu xonalar uchun 3 million rubl (45100 dollardan ortiqroq) so‘ralmoqda.

Avvalroq ekspertlar Rossiyada sotuvga qo‘yilgan eng qimmat bir xonali xonadonlar reytingini tuzishgandi. Peterburgning Krestovskiy orolida joylashgan xonadon ushbu reyting g‘olibiga aylandi. Maydoni 112 kvadrat metrga teng bo‘lgan bu xonadonning narxi 70 million rubl (1 mln dollar) atrofida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburgda 58 xonali xonadon borligi ma’lum bo‘ldi