18:16 / 16.12.2018
4 232

Quyosh atmosferasi rekord darajadagi yaqin masofadan suratga olindi

Quyosh atmosferasi rekord darajadagi yaqin masofadan suratga olindi
Foto: NASA
Parker Solar Probe zondi rekord darajadagi yaqin masofadan quyosh atmosferasining suratini yubordi. Bu haqda «National Geographic»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Parker Solar Probe 11 noyabr kuni quyosh bilan yaqinlashuvini yakunladi va endi to‘plangan ma’lumotlar Yerga yuborildi. Batafsil tahlil keyinchalik amalga oshiriladi, ammo hozirgi kunda Quyosh atmosferasining noyob suratlarini ko‘rish imkoniyati mavjud.

Gap WISPR (Wide-field Imager for Solar Probe) uskunasi yordamida olingan suratlar haqida. Suratda turli magnit qutbli hududlarni bog‘laydigan hamda elektr zaryadlangan gazlar va plazma (quyosh shamoli ta’siri tufayli shakllangan uzun shakllar)dan iborat katta magnit maydonli birikmalardan tarkib topgan uzun porloq dubulg‘ali tuzilma aks etgan.

Foto: NASA

Ushbu surat rekord darajadagi qisqa masofadan olingan — 27,2 million kilometr. Suratdagi yorqin nuqta (markazning chap tomonida) — bu Merkuriy.

NASA ushbu surat qanday haroratda olingani haqida xabar bermadi. Biroq, qurilma so‘nggi haroratda 1,370 Selsiy darajadagi issiqlikdan termal himoya bilan jihozlanganligi ma’lum.

Quyosh bilan keyingi yaqinlashuv 4 aprelda boshlanadi. Missiya doirasida Parker Solar Probe 24 ta yaqinlashuvni amalga oshiradi: u yulduzga yaqinlashaveradi va yaqinlashuvlardan birida quyoshga taxminan 6,16 million kilometr masofaga yetib borishi kutilmoqda.

Parker Solar Probe 2018 yilning 12 avgustida ishga tushirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Quyosh atmosferasi rekord darajadagi yaqin masofadan suratga olindi