23:43 / 16.12.2018
6 027

Hindistonlik 72 yashli onaxon o‘zining birinchi farzandini dunyoga keltirdi

Hindistonlik 72 yashli onaxon o‘zining birinchi farzandini dunyoga keltirdi
Hindistonning Xaryana shtatida yashovchi 72 yoshli Daljinder Kaur ismli ayol o‘zining ilk farzandini dunyoga keltirdi. Shubhasiz, bola 2016 yili tug‘ilgan. Faqat bu haqda endi-endi xabar tarqatishdi.

Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu nafaqat Xudoning inoyati, balki sun’iy tarzda homila hosil qilish amali natijasi edi. Bolaning otasi ushbu amalga qo‘l urilgan payt 79 yoshda bo‘lgan. Hayratlanarlisi shuki, ayolning yoshi o‘tgan bo‘lishiga qaramay, organizmi farzandni dunyoga keltirishga yaroqli ekani aniqlangan. Hozir bola ikki yoshga kirdi. O‘zini juda yaxshi his etmoqda. Unga Armaan deb ism qo‘yishgan.

Ota bo‘lmish 81 yoshli qariya esa xotiniga bola parvarishida yaqindan yordam beradi. Shu yoshda bo‘lsa ham farzandli bo‘lgani uchun er ham, xotin ham Xudoga beadad shukronalar aytishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik 72 yashli onaxon o‘zining birinchi farzandini dunyoga keltirdi