23:04 / 17.12.2018
4 137

AQShda xo‘randaning taomidan gavhar chiqdi

AQShda xo‘randaning taomidan gavhar chiqdi
Foto: «Twitter.com»
Nyu-Yorkdagi «Grand Central Oyster Bar» ustritsalar bari xo‘randasi o‘zining ovqatida katta gavhar topib oldi, deb yozadi «Xabar» nashri.

Ustritsalar jamlanmasini buyurtma qilgan Rik Antosh unda kattaligi no‘xatdek bo‘lgan gavharni topib olgan va uni tish deb o‘ylagan.

Restoran bosh oshpazi Sendi Ingber bunday topilma juda kam uchraydi, degan fikrda.

«Men bu yerda 28 yildan buyon ishlayman. Biz bir kunda besh mingdan ziyod ustritsalar sotamiz, ammo bunday holat faoliyatim davomida ikkinchi bor uchrashi», - deydi u.

Mutaxassisning baholashicha, bunday gavhar ikki mingdan to‘rt ming dollargacha turadi.

Rik Antosh gavharni nima qilishini hali bilmaydi, ammo omadini yana sinab ko‘rmoqchi.

«Men bu yerga qaytib, yana gavhar topishga harakat qilib ko‘raman. Qayerda omading kelib qolishini bilmaysan»,- deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda xo‘randaning taomidan gavhar chiqdi