11:43 / 18.12.2018
3 576

Facebook Isroil bosh vazirining o‘g‘lini musulmonlar haqidagi postlari uchun bloklab qo‘ydi

Facebook Isroil bosh vazirining o‘g‘lini musulmonlar haqidagi postlari uchun bloklab qo‘ydi
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning o‘g‘li Yairga tegishli sahifa uning falastinliklar va musulmonlar haqidagi postlari uchun bloklab qo‘yildi. Bu haqda The New York Times'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Iordan g‘arbiy qirg‘og‘ida Isroilning ikki fuqarosi o‘ldirilgach, Yair Netanyaxu o‘z postlaridan birida falastinliklarni «insoniy shakldagi maxluqlar», deb atadi, boshqa birida esa Isroilda musulmonlar bo‘lmasligini xohlashi haqida ma’lum qildi.

Ko‘p sonli shikoyatlardan so‘ng, Facebook postlarni nafratga ega xabarlar sifatida o‘chirib tashladi, biroq kichik Netanyaxu yozuvlardan birining skrinshotini e’lon qildi hamda u bilan bo‘lishishga chaqirdi. Natijada, ijtimoiy tarmoq 24 soat davomida bosh vazir o‘g‘lining akkauntini bloklab qo‘ydi. Nashrning qayd etishicha, shundan keyin u tvitterda mojaroli bayonotlar berishda davom etgan.

Netanyaxu oilasining rasmiy vakili bu holatga izoh bermadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Facebook Isroil bosh vazirining o‘g‘lini musulmonlar haqidagi postlari uchun bloklab qo‘ydi