07:57 / 19.12.2018
4 865

Moskvada 14 yashar o‘zbekistonlik o‘smir o‘z joniga qasd qildi

Moskvada 14 yashar o‘zbekistonlik o‘smir o‘z joniga qasd qildi
Yosh yigitcha Moskvada o‘z joniga qasd qildi, mudhish holat oldidan esa onlayn-translyatsiya olib borgan, deb xabar qilmoqda "Sputnik" nashri.

Hodisa 16-dekabr kuni Moskvaning sharqiy qismida yuz bergan.

O‘smir o‘sha mash’um kunda spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, kechqurun esa ko‘pqavatli xonadonlarning 16-qavatiga ko‘tarilgan va ijtimoiy tarmoq orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri videoefir olib borgan. Uni ikki kishi tomosha qilgan. Yigitcha ikki tomoshabinga "hammasi joniga tegib ketgani" haqida so‘zlab bergan.

Tomoshabinlardan biri o‘z sharhida yigitchani bu ishdan qaytarishga harakat qilgan bo‘lsa, ikkinchisi, aksincha, uning bu qarorini qo‘llab-quvvatlagan.

Onlayn-translyatsiya ikki soatcha davom etgan, efir oxirida yigitcha o‘zining so‘nggi qadamini tashlagan.

Aniq bo‘lishicha, 14-yashar bolakay o‘ziga to‘q oilada yashagan. Otasi - O‘zbekiston fuqarosi (ayni vaqtda vatanida), onasi - RF fuqarosi (o‘zbekistonlik) kassir bo‘lib ishlaydi. Ijtimoiy xizmat ishchilari so‘zlariga ko‘ra, bu oila tez-tez bir joydan ikkinchisiga ko‘chadi, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida qatnaydi. O‘smir oiladagi yagona farzand bo‘lgan va tez-tez maktabini almashtirib turgan.

Bo‘sh vaqtining ko‘p qismini kompyuter qarshisida o‘tkazgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada 14 yashar o‘zbekistonlik o‘smir o‘z joniga qasd qildi