21:00 / 19.12.2018
3 980

Nursulton Nazarboyev Alisher Usmonovni orden bilan mukofotladi

Nursulton Nazarboyev Alisher Usmonovni orden bilan mukofotladi
Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovni “Do‘stlik” (Dostыq) I darajali ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“Prezident Nursulton Nazarboyevning farmoni bilan Qozog‘iston mustaqilligi kuni munosabati bilan taniqli rossiyalik tadbirkor, USM Holdings kompaniyasi ta’sischisi va metsenat Alisher Usmonov “Do‘stlik” I darajali ordeni bilan mukofotlandi”, deyilgan xabarda.

“U bu yuqori mukofotga davlat va jamoat faoliyatidagi xizmatlari, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi ulkan hissasi uchun mukofotlandi”, deyilgan tashqi ishlar vazirligida.

Aytish joizki, Usmonov 2011 yilda “Do‘stlik” II darajali ordeni bilan mukofotlangan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oxirida Alisher Usmonovni “El-yurt hurmati” ordeni bilan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa noyabr oxirida «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» III darajali ordeni bilan mukofotlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboyev Alisher Usmonovni orden bilan mukofotladi