Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 2023 yilda prezidentlik muddati tugagandan keyin bu lavozimda qolish niyati yo‘qligini aytgan. Bu haqda u 19 dekabr kuni prezident matbuot xizmati tomonidan OAV vakillari uchun tashkil etilgan press-konferensiyada ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, Jeenbekov navbatdagi saylovda prezidentlikka nomzodini qo‘yish niyatida emas.
“Men hech kimni siyosiy raqib deb hisoblamayman. 2023 yildan keyin oddiy fuqaro bo‘lishni xohlayman. Saylov paytida saylovchilar bir-biriga raqib bo‘ladi. 2023 yilda prezidentlik vakolatim tugagandan keyin saylovda ishtirok etmayman”, degan Jeenbekov.
Qirg‘iziston rahbari undan keyin insofli odam prezident bo‘lishiga umid bog‘lamoqda. Jeenbekov yangi saylanadigan prezidentga aql o‘rgatmasligini ham aytib o‘tgan.
Shuningdek, u Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev bilan kurash olib bormayotganini ham ta’kidlagan.
“Men kurashmayapman, shunchaki ishlayapman. Mening ishim – xalq va mamlakat manfaatlari uchun ishlash. Men xalqimga va Allohga bergan va’dam bo‘yicha, o‘z yo‘limdan ketaman”, degan Qirg‘iziston rahbari.
Bundan biroz avval Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev prezident saylovida nomzod sifatida Sooronbay Jeenbekovni tanlab xato qilganini aytgan. U Jeenbekovni qo‘llab-quvvatlaganidan afsusdaligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi