10:27 / 22.12.2018
4 574

Rossiyada "eng ko‘p haq to‘lanadigan sohalar" ma’lum qilindi

Rossiyada "eng ko‘p haq to‘lanadigan sohalar" ma’lum qilindi
HeadHunter ish qidirish bo‘yicha sayt 2018 yilda Rossiyadagi bo‘sh ish o‘rinlar dinamikasi va ish haqi miqdorini tahlil qilib chiqdi deb yozadi Kun.uz nashri.

2018 yil dekabr holatiga ko‘ra:

- Rossiyada «mutaxassis» darajasidagi xodim uchun o‘rtacha kutilgan ish haqi - 58,2 ming rubl, o‘rtacha pastki maosh - 48,7 ming rubl;
- Moskva o‘rtacha kutilgan ish haqi - 74,8 ming rubl (mutaxassislar uchun), taklif qilingan o‘rtacha - 63,9 ming rubl, amalda - taxminan 75 ming rubl;
- Sankt-Peterburg aholisi 60,2 ming rubl miqdorida maoshni kutadi, ish beruvchilar o‘rtacha 51 ming rubl taklif qiladi, o‘rtacha ish haqi - 55,5 ming rubl;
- Uzoq Sharq federal okrugi: xodimlar 53,1 ming rubl miqdorida maosh so‘raydi, ish beruvchilar 52,6 ming rubl to‘lashga rozi, yakunda 51 ming rubldan bir oz kamroq haq to‘lanadi;
- Sibir federal okrugi: kutilgan - 47 ming rubl, taklif qilingan - 42,3 ming rubl, amalda - 41,2 ming rubl;
- Ural federal okrugi: kutilgan - 46 ming rubl, taklif qilinadigan - 44,3 ming rubl, amalda - 41 ming rubl;
- Markaziy federal okrug: kutilgan - 43 ming rubl, taklif qilinadigan - 39,7 ming rubl, amalda - 40 ming rubl;
- Volga federal okrugi: kutilgan - 42 ming rubl, taklif qilingan - 41,4 ming rubl, amalda - 36,8 ming rubl;
- Shimoliy Kavkaz federal okrugi: kutilgan - 44,3 ming rubl, taklif qilinadigan - 37,5 ming rubl, amalda - 32,5 ming rubl;
- Janubiy federal okrug: kutilgan - 52 ming rubl; taklif qilinadigan - 49,2 ming rubl; amalda - 32 ming rubl;
- Shimoli-G‘arbiy federal okrug: kutilgan - 35 ming rubl, taklif qilinadigan - 33,7 ming rubl, amalda - 30 ming rubl.

Tadqiqot doirasida HeadHunter, shuningdek, real daromadga qarab professional sohalar reytingini tuzdi. Moskvada daromad bo‘yicha yetakchilar:

Foto: Vasiliy Kuzmichenok / TASS

- dasturiy ta’minot ishlab chiqish (o‘rtacha ish haqi 130,5 ming rubl);
- AT-konsalting (130 ming rubl);
- ma’lumotlar bazasini boshqarish (120,6 ming rubl);
- xatarlar (112 ming rubl);
- strategik rejalashtirish, tashkiliy rivojlanish, biznes-jarayonlar (107 ming rubl).

Mintaqalardagi yetakchilar:

- dasturiy ta’minot ishlab chiqish (o‘rtacha ish haqi 77,9 ming rubl);
- ma’lumotlar bazasini boshqarish (74 ming rubl);
- development (64,9 ming rubl);
- qurilishda texnik nazorat (59,8 ming rubl);
- AT-konsalting (59,6 ming rubl).

Tahlilchilar taklif etilayotgan ish haqlarini muayyan sohalarda baholadilar, axborot texnologiyalari reytingda yana yetakchi bo‘ldi:

- axborot texnologiyalari, tizim integratsiyasi, Internet (88,8 ming rubl, 2017 yilga nisbatan 29 foizga o‘sish);
- neft va gaz (87,8 ming rubl, o‘sish 28 foiz);
- qazib olish sohasi (80,5 ming rubl, plyus 25 foiz);
- tashuvlar, logistika, omborxona, tashqi iqtisodiy faoliyat (69 ming rubl, plyus 20%);
- og‘ir mashinasozlik (60 ming rubl, plyus 20%).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada "eng ko‘p haq to‘lanadigan sohalar" ma’lum qilindi