13:35 / 22.12.2018
4 445

Rossiyadan qaytayotgan O‘zbekiston fuqarolari o‘zaro mushtlashuv sodir etishdi

Rossiyadan qaytayotgan O‘zbekiston fuqarolari o‘zaro mushtlashuv sodir etishdi
2018 yilning 17 dekabr kuni Buxoro viloyatining Qaxramon mahallasida yashovchi B.R. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 5 dekabr kuni birga yashovchi akasi R.B. Rossiya Federatsiyasidan N.X. boshqaruvidagi “Lada-Largus” rusumli avtomashinasida yo‘lovchi sifatida uyiga qaytayotgan vaqtida avtomashina haydovchisi va uning yana bir yo‘lovchisi, Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi S.N. Qozog‘iston Respublikasi hududiga yetib kelganlarida o‘zaro janjal sabab R.B.ning bosh hamda tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazganliklarini ma’lum qilgan.

Natijada R.B. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida N.X. va S.N. qo‘lga olinganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadan qaytayotgan O‘zbekiston fuqarolari o‘zaro mushtlashuv sodir etishdi