12:00 / 22.12.2018
4 437

Xitoyda itlar ofitsiantlik qilmoqda (video)

Xitoyda itlar ofitsiantlik qilmoqda (video)
Xitoyning Shanxay shahridagi kafelardan birining egasi mijozlarga o‘ziga xos tarzda xizmat ko‘rsatishni o‘ylab topdi. Uning bu g‘oyasi ko‘p mijozlarga manzur keldi. Kafeda mehmonlarga ofitsiantlar o‘rniga itlar xizmat qilmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
[media=https://www.youtube.com/embed/Yt3tcd72_w8?start=0]
Noodatiy xodim bu kafeda QR-kod yozilgan futbolka kiyib yuradi. Kafe mehmonlari ushbu QR-kodni telefonlaridagi maxsus ilova yordamida ochib, menyu bilan tanishishlari va buyurtma berishlari mumkin.

Shuningdek, mazkur kafedagi taomlar ham odamlar diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Chunki turli shirinliklar ustida itlar aks ettirilgan.

Mehmonlar ofitsiantlarni silashi va erkalashlari mumkin. Ofitsiant-itlar bilan selfi tushishga ham ruxsat berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda itlar ofitsiantlik qilmoqda (video)