15:53 / 23.12.2018
5 307

Yetakchi davlatlar rahbarlari qancha maosh olishadi?

Yetakchi davlatlar rahbarlari qancha maosh olishadi?
Dunyoning yetakchi davlatlarining rahbarlari qancha maosh olishi ko‘pchilik uchun qiziq albatta. Bu mavzudagi ma’lumotlarni o‘rganar ekanmiz, prezident va bosh vazirlarning maoshlari o‘zlari boshqarayotgan davlatning iqtisodiy qudratiga mutanosib emasligiga guvoh bo‘lamiz.


Jadvalda qiziqarli raqamlar bor. Masalan, Trampning maoshi. AQShning amaldagi prezidenti bu lavozim uchun belgilangan yillik 400 ming dollar maoshdan byudjet foydasiga voz kechgan. Ammo uning bu ishi yangilik emas – Robert Guver, Jon Kennedi kabi prezidentlar ham o‘z maoshlaridan davlat hisobiga voz kechishgan.

Singapur bosh vaziri Li Syanlunning yillik maoshi aslida bundan ham ko‘p bo‘lgan. Mittigina davlat bo‘la turib bu qadar katta mablag‘ berilishi bo‘yicha e’tirozlar tug‘ilganidan so‘ng uning maoshi 36 foizga qisqartirilgan. Shunda ham uning yillik maoshi Kanada, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Germaniya, Fransiya, Rossiya va Avstraliya kabi davlat rahbarlarining umumiy maoshidan ham ko‘proqdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yetakchi davlatlar rahbarlari qancha maosh olishadi?