Foto: «Yevraziya» TV
Ostonada yashovchi Azat Koptulelov yurak ko‘chirib o‘tkazilishiga muhtoj edi. Shifokorlar unga Kostanaydan bo‘lgan ayol yuragini o‘tkazgan. Bu haqda «Nur.kz»ga tayanib Daryo xabar berdi.
Azat boshida unga qiyin bo‘lgani, ammo keyin hammasining uddasidan chiqqanini tan oldi.
«Menga ayol yuragi o‘tkazilgach men oyoqqa turolmadim. Juda ojiz edim», — deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, moslashishning murakkab davri ikki oy davom etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, butun Qozog‘istonda 150 kishi ana shunday amaliyotga muhtoj. Yana ming kishi boshqa organlar transplantatsiyasi uchun navbat kutmoqda.
Ammo ko‘plab sog‘lom odamlar donor bo‘lishga shoshmayapti. Vafot etgan insonlarning yaqinlari esa bunga qarshi. Ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha amaliyot qisqarib bormoqda.
Qonun chiqaruvchilar og‘ir bemorlarning organlaridan foydalanish masalasini ko‘tarib chiqdi.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov vafot etgan insonning organlarini yaqinining ruxsatisiz ishlatishga imkon beradigan qaror chiqarishni taklif qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi