20:43 / 23.12.2018
4 729

Turkmaniston prezidenti nabirasi bilan uch tilda qo‘shiq kuyladi (video)

Turkmaniston prezidenti nabirasi bilan uch tilda qo‘shiq kuyladi (video)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Yangi yil oldi bazmida ishtirok etib, nabirasi bilan turkman, ingliz va nemis tilida yozgan o‘z qo‘shig‘ini kuyladi. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» portaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Portalning ma’lum qilishicha, Berdimuhamedov muntazam ravishda o‘zi qo‘shiq yozadi va boshqa ijrochilarning qo‘shiqlarini kuylab turadi. Ta’kidlanishicha, qo‘shiqlar musiqasini uning nabirasi Karimguli bastalaydi.

Bobo-nabira dueti avval rep usulida, Jastin Timberleyk ijodidan va vatan haqidagi qo‘shiqlarni ijro etgan. Bundan tashqari, Turkmaniston prezidenti bir o‘zi ham qo‘shiqlar kuylab turadi.
[media=https://www.youtube.com/embed/EnWE19Y1ABo]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti nabirasi bilan uch tilda qo‘shiq kuyladi (video)