21:07 / 23.12.2018
3 451

Turkiya tashqi ishlar vaziri Netanyaxuni minglab falastinliklarning o‘limida aybladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Netanyaxuni minglab falastinliklarning o‘limida aybladi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni minglab falastinliklarning o‘limida aybladi.

«Netanyaxu – zamonaviy sovuqqon qotil, u minglab begunoh falastinliklarning o‘limi uchun javobgar», deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda CNN Turk.

Dekabr oyi o‘rtalarida esa Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Binyamin Netanyaxuning o‘g‘li Yairga tegishli sahifa uning falastinliklar va musulmonlar haqidagi postlari uchun bloklab qo‘yilgandi.

Shuningdek, kuni kecha Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan telefon suhbati chog‘ida Isroildagi xorijiy diplomatik missiyalarning Al-Quds shahriga ko‘chirilayotganini muhokama qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya tashqi ishlar vaziri Netanyaxuni minglab falastinliklarning o‘limida aybladi