AQShning Nyu-York shahrini o‘rta sinf vakillari jadal tark etmoqda. Bu haqda New York Post nashri ma’lumotlariga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, aholining shaharni jadal tark etayotganini aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar yaqqol ko‘rsatmoqda. Shaharni kuniga o‘rtacha 100 kishi tark etmoqda. Bunda shaharni tark etayotganlar unga kelayotganlardan ancha ko‘proqni tashkil qilmoqda. Ta’kidlanishicha, bu holat soliqlar, yashashga sarf-xarajatlarning oshishi hamda turli texnologik yechimlarning tatbiq qilinishi tufayli maoshlarning kamayishi bilan bog‘liq.
Tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, yuqorida keltirilganlarning barchasi o‘rta sinfga kuchli “zarba berib”, ular Nyu-Yorkni Buyuk tushkunlik (XX asr 30-yillari) vaqtidan beri kuzatilmagan ko‘lamda tark etmoqdalar. Hozirda shahar aholisining 48 foizi yiliga 30-60 ming dollarlik daromadga ega o‘rta sinfga kiradi, 31 foizi kamroq pul topadi, 21 foizi esa o‘ziga to‘qlar hisoblanadi.
“Nyu-Yorkda boylar yanada boyimoqda, kambag‘allar ham boyimoqda, biroq o‘rta sinfga o‘tadigan darajada emas”, deb aytgan iqtisodiy tadqiqotlar Amerika instituti iqtisodchisi Piter Erl.
Uning ta’kidlashicha, 2007 yildan beri xususiy sektorda tashkil etilgan 175 mingta yangi ish o‘rnidan 20 foizginasida o‘rta sinfga mos daromad olinadi. Erlning aytishicha, Nyu-Yorkda o‘rta sinf daromadlari AQShning boshqa aholi punktlaridagidan ham tezroq pasaymoqda.
Ta’kidlanishicha, umuman olganda butun AQSh bo‘ylab o‘rta sinf vakillari kamaymoqda. Biroq bu holat Nyu-York kabi shaharlarda ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi: ijara narxi oshadi, iste’molchilik talabi kamayadi, do‘konlarga qulf osiladi. Oxirgi tadqiqotlarga ko‘ra, Nyu-Yorkning 8,5 mlnlik aholisidan bir millioni oilasiga oziq-ovqat yetkaza olmasligidan xavotirlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»