11:33 / 25.12.2018
4 351

Hindistonlik millioner 261 nafar qizlarning nikoh to‘yini o‘tkazib berdi

Hindistonlik millioner 261 nafar qizlarning nikoh to‘yini o‘tkazib berdi
U Hindistonning Gujarat shtatidagi Surat shahrida yashovchi neft magnati Maxesh Savani hisoblanadi. Millioner jami 261 nafar qizning nikoh to‘yini o‘tkazibgina qolmay, barcha kelinlarga sarpolar hadya etdi.

Kelinlarning otasi yo‘q, 54 nafari tirik yetim, 118 nafarining na aka-ukasi, na opa-singlisi bor. Qizlar yetarli puli bo‘lmagani, shu bois o‘zlariga kelin sarposi sotib olishga qurbi yetmagani sababli turmushga chiqish baxtidan mosuvo edilar. Millioner ana shu muammolarni bir kunning o‘zida bartaraf etdi.

Barcha kelin-kuyovlarni Gujarat rahbari yangi baxt bilan qutladi. Ota rolini esa millionerning o‘zi ijro etib, barcha juftliklarga oq yo‘l tiladi.

Har bir juftlik to‘y so‘ngida ro‘zg‘orda yaraydigan idish-tovoqlar, 200 ming rupiy pul qo‘yilgan sug‘urta varaqalarini qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Savani 2010 yildan beri yetimlarning to‘ylarini o‘tkazib beradi. O‘zining aytishicha, bu ishni asosiy vazifasi deya hisoblarkan.

Hindiston odatiga ko‘ra, kelin taraf bo‘lg‘usi kuyovnikiga qimmatbaho sovg‘alar bilan tashrif buyuradi. Busiz kuyov tomon to‘yga rozilik bermaydi. Hindiston hukumat rahbarlari shu odatni yo‘q qilishga ko‘p marotaba urinishgan. Ammo ilojini topa olishmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik millioner 261 nafar qizlarning nikoh to‘yini o‘tkazib berdi