14:10 / 25.12.2018
6 852

15 yoshli qozog‘istonlik qiz “Moskva go‘zali” tanlovida g‘olib deb topildi

15 yoshli qozog‘istonlik qiz “Moskva go‘zali” tanlovida g‘olib deb topildi
15 yoshli qozog‘istonlik model Dina Qojasayeva tanlovning “Moskvaning eng yosh go‘zali” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Tanlovning taqdirlash marosimi 24 dekabr kuni Moskvaning “Vegas City Hall” konsert zalida bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning yakuniy bochqichida 50 ga yaqin qiz ishtirok etgan. “Miss Moscow” tanlovning bosh sovrini 24 yoshli moskvalik model Alesya Semerenkoga topshirildi.

“Ayna damda eng asosiy maqsadim – o‘qish. IT-sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lishni xohlayman. Men o‘zimni juda go‘zalman deb hisoblamayman. Shunday bo‘lsa ham, “Moskva go‘zali” tanlovida “Moskvaning eng yosh go‘zali” nominatsiyasiga munosib deb topilganim meni juda quvontirdi”, deydi yosh model. Dina Qojasayeva Moskvadagi Romanovskaya nomidagi 1240- maktabida tahsil olmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 15 yoshli qozog‘istonlik qiz “Moskva go‘zali” tanlovida g‘olib deb topildi