19:10 / 26.12.2018
3 370

2019 yilda Tramp impichment xavfi bilan to‘qnash kelishi mumkin

2019 yilda Tramp impichment xavfi bilan to‘qnash kelishi mumkin
2019 yilda AQSh prezidenti Donald Trampni impichment jarayoni kutib turgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda CNBC ekspertlar fikriga asosan xabar bermoqda deb yozadi Kun.uz.

Xususan, sarmoyadorlar va korxonalar 2019 yilda kutilayotgan xatarlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ular orasida: Federal zaxira tizimi foiz stavkalari oshishi va AQSh hamda Xitoy o‘rtasidagi savdo munosabatlarida keskinlikning kuchayishi. Biroq, kelgusi yilning muhim xavflaridan biri biznes tomonidan e’tiborga olinmayapti - AQSh prezidenti Donald Trampning ehtimoliy impichmenti.

Trampning impichmenti - 2019 yildagi «katta xavf», deya hisoblaydi Singapurdagi Amerika savdo palatasi boshqaruvi a’zosi Stiv Okun.

«Vashingtonda «shatdaun» yuzaga kelishi mumkin, sababi prezident bundan boshqa hech narsaga e’tibor qarata olmay qoladi. Mening fikrimcha, bu 2019 yil uchun katta xavf», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Okun.

Biroq, impichment lavozimdan to‘liq chetlatishni anglatmaydi, deya ta’kidlanadi materialda. Xususan, yanvardan boshlab vakillar palatasini nazorat qiladigan demokratik ko‘pchilik fuqaro, jumladan, AQSh prezidentiga impichmentga olib kelishi mumkin bo‘lgan jinoyat bo‘yicha ayblov qo‘yishi ehtimoldan yiroq emas. Shundan so‘ng ushbu masala senat tomonidan ko‘rib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2019 yilda Tramp impichment xavfi bilan to‘qnash kelishi mumkin