20:38 / 26.12.2018
5 976

Rossiya Federatsiyasi prezidenti qachon uxlaydi?

Rossiya Federatsiyasi prezidenti qachon uxlaydi?
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi siyosiy partiya yetakchilari bilan bitta-bitta gaplashdi.

Kech soat 23.00 da kommunistik partiya yetakchisi Gennadiy Zyuganov mamlakat rahbarining xizmat xonasiga kirar ekan, bir kunlik ish vaqtidan ikkitasi o‘tib ketganiga ishora qilib: «Uchinchi smena boshlandimi?» mazmunida gap uchirdi. Bunga javoban mamlakat rahbari: «Hechqisi yo‘q, men shunday ishlab o‘rganganman», dedi. Vladimir Vladimirovich bu bilan «allamahalgacha ishlashimning bo‘ydoq ekanimga aloqasi yo‘q», demoqchi bo‘ldi, chamasi.

Vladimir Putin bungacha Rossiya davlat dumasi vitse-spikeri Sergey Neverov bilan ko‘rishishga ulgurgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Zyuganovdan keyin Sergey Mironov (SPR) va Vladimir Jirinovskiy (LDPR) navbat kutishib turgan ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Federatsiyasi prezidenti qachon uxlaydi?