13:33 / 27.12.2018
4 897

Tramp: "AQSh endi jahon politsiyachisi bo‘la olmaydi"

Tramp: "AQSh endi jahon politsiyachisi bo‘la olmaydi"
AQSh prezidenti Donald Trampning Iroqdagi Amerika harbiy bazasiga tashrifi chog‘ida ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar endi jahon politsiyachisi bo‘lishi mumkin emas. Prezidentning so‘zlari NBC tomonidan keltirilgan.

Trampning harbiylar bilan uchrashuvda qayd etishicha, AQSh Yer yuzidagi har bir xalq uchun «kurash» olib bormasligi kerak. Prezident Amerika himoyasini istaganlarga «to‘lash»ni taklif qildi.

«Qo‘shma Shtatlar endi jahon politsiyachisi bo‘lolmaydi. [Harbiy] yuk butunlay AQSh zimmasida bo‘lishi adolatsiz holat», - dedi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh qo‘shinlari butun dunyoga tarqalib ketgan va «ko‘pchilik hech narsa eshitmagan» mamlakatlarda ham ishtirok etmoqda. Trampning xulosa qilishicha, bu «kulgili».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: "AQSh endi jahon politsiyachisi bo‘la olmaydi"