19:45 / 27.12.2018
4 655

Rossiyada chet elliklarning yashashi uchun muddatsiz ruxsatnoma joriy etilmoqda

Rossiyada chet elliklarning yashashi uchun muddatsiz ruxsatnoma joriy etilmoqda
Rossiya ichki ishlar vazirligi chet elliklar uchun mamlakatda yashash huquqini beradigan hujjatni har besh yilda uzaytirish amaliyotidan voz kechishni taklif qildi. Bu haqdagi qonun loyihasi ishlab chiqilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumot normativ-huquqiy hujjatlar federal portalida e’lon qilingan.

“Rossiyada chet elliklarning istiqomat qilishi uchun muddatsiz ruxsatnoma berishni joriy etish taklif qilingan”, – deyiladi loyihada. Ichki ishlar vazirligi bunday yondashuv Rossiyada doimiy yashash institutini amalga oshirish mexanizmini soddalashtirishini, soliqqa tortish va yig‘imlar sohasidagi munosabatlar qayta ko‘rib chiqilishini nazarda tutishini aytmoqda.

Qonun loyihasi 2019 yil sentyabr oyidan kuchga kirishi mumkin. Qonun loyihasining muhokamasi 2019 yil 9 yanvargacha davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada chet elliklarning yashashi uchun muddatsiz ruxsatnoma joriy etilmoqda