13:13 / 29.12.2018
4 816

O‘zi bilan timsoh, chayon va zaharli ilonlarni olib kelayotgan rossiyalik aeroportda ushlandi

O‘zi bilan timsoh, chayon va zaharli ilonlarni olib kelayotgan rossiyalik aeroportda ushlandi
Moskvaning “Vnukovo” aeroporti bojxona xizmati xodimlari Meksikaning Kankun shahridan uchib kelgan shaxsning yuki ichidan tirik timsohlar va zaharli ilonni topishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Rossiya fuqarosi Rossiya hududiga 30 ta kichik timsohlar, 2 ta o‘rgimchak, 4 ta chayon hamda zaharli ilonni noqonuniy olib kirishga urindi”, - deyilgan xabarda. Qo‘lga olingan shaxs bu hayvonlarni qarindoshlariga sovg‘a sifatida olib borayotganini ma’lum qilgan.

Ekspertiza o‘tkazilgandan keyin ma’muriy yoki jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Hayvonlar maxsuslashtirilgan markazga vaqtincha ushlab turish uchun topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zi bilan timsoh, chayon va zaharli ilonlarni olib kelayotgan rossiyalik aeroportda ushlandi