14:19 / 29.12.2018
3 886

Oq uy Afg‘onistondagi harbiylar ham olib chiqilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Oq uy Afg‘onistondagi harbiylar ham olib chiqilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonga Afg‘onistondagi harbiylarni olib chiqish haqida farmoyish bermagan. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Garrett Markis Bloomberg muxbiriga ma’lumot berdi.

Afg‘onistondagi xalqaro harbiy kontingentga boshchilik qiluvchi general Skott Miller ham bunday buyruq olmaganini tasdiqlagan.

21 dekabr kuni Amerikadagi nashrlar 17 yil oldin Afg‘onistonga olib kirilgan amerikalik harbiylarning ortga qaytarilishi boshlanishi, Pentagon 2019 yilning yanvar oyida bu mamlakatdagi 14 ming nafar harbiydan 7 ming nafarini olib chiqishi haqida yozgandi.

Shu kuni AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis iste’foga chiqdi. OAV bu iste’foni vazirning Donald Tramp bilan harbiylarni Suriya va Afg‘onistondan ortga qaytarish g‘oyasi bo‘yicha hamfikr bo‘lmagani bilan bog‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 19 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp IShID ustidan to‘liq g‘alaba qozonilganini e’lon qilgan va amerikalik harbiylarga Suriyani tark etishga buyruq bergandi. Keyinroq u Suriyadagi jangarilar qoldiqlariga qarshi kurash Rossiya, Turkiya va Eron kabi mamlakatlar tomonidan olib borilishi kerakligini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy Afg‘onistondagi harbiylar ham olib chiqilishi haqidagi xabarlarni rad etdi