08:37 / 30.12.2018
4 487

Lukashenko Putinga o‘z tomorqasidan bir necha qop kartoshka sovg‘a qildi (video)

Lukashenko Putinga o‘z tomorqasidan bir necha qop kartoshka sovg‘a qildi (video)
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yangi yilga belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkodan sovg‘a sifatida 4 qop “eng yaxshi navdagi” kartoshka oldi.

Lukashenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmontning ma’lum qilishicha, kartoshka “prezident tomorqasida” yetishtirilgan. Uning aytishicha, Lukashenko avvalgi uchrashuvlaridan birida Putindan Belarusdan unga nima olib kelishi mumkinligi haqida qiziqqan. Putin bunga javoban “Belarusdan yana nima ham so‘rash mumkin? Kartoshka va salo-da”, deb javob qaytargan.

Eysmontning ta’kidlashicha, Belarus rahbari Putinga turlicha usulda tayyorlash uchun turli navdagi 4 qop kartoshka olib kelgan.

“Prezident tomorqasidan eng yaxshi, super navdagi kartoshka”, deb aytgan Eysmont.
[media=https://www.youtube.com/embed/9F5mymMlfT0]
Lukashenko Rossiyaga avvalgi safari vaqtida rossiyalik hamkasbiga salo sovg‘a qilgandi.

Lukashenko joriy haftada Putin bilan ikki marta – 25 va 29 dekabrda uchrashdi. Ikki davlat yetakchisi Ittifoqdosh davlat tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni va soliq manyovrlarini muhokama qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Putinga o‘z tomorqasidan bir necha qop kartoshka sovg‘a qildi (video)