14:43 / 30.12.2018
4 354

Tramp Amerika siyosati tarixidagi «eng buyuk yolg‘onchilik» haqida gapirdi

Tramp Amerika siyosati tarixidagi «eng buyuk yolg‘onchilik» haqida gapirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp so‘nggi ma’lumotlar uning "Rossiya bilan til biriktirganligi haqida birorta ham dalil" yo‘qligini tasdiqlaganini bildirdi.

"Rossiya bilan til biriktirish haqidagi soxtakorlik Amerika siyosati tarixidagi eng buyuk yolg‘onchilikdir", deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

Amerika rahbari AQSh adliya vazirligi va FQB prezident Barak Obama davrida Xillari Klintonga saylovlarda g‘alaba qozonishga yordamlashish uchun surishtiruvni soxtalashtirganligini ta’kidladi.

AQShda Rossiyaning saylovlarga "aralashuvi" va Donald Trampning Moskva bilan ehtimoliy aloqalari bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ishni maxsus prokuror Robert Myuller va kongressning har ikki palatasi olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Amerika siyosati tarixidagi «eng buyuk yolg‘onchilik» haqida gapirdi