16:35 / 30.12.2018
6 473

Xitoylik baliq sotuvchi qiz internetda mashhur bo‘lib ketdi

Xitoylik baliq sotuvchi qiz internetda mashhur bo‘lib ketdi
Tayvan provinsiyasida yashovchi 26 yoshli Lyu Penpenning suratlarini onasiga baliq olgani kelgan erkak internetga joylagan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi. Ayolga «eng go‘zal baliq sotuvchisi» deb nom berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz 13 yoshidan buyon baliq sotib, onasiga yordam beradi. U suratiga iliq munosabat bildirgan barchaga minnatdorchilik bildirdi. Shundan buyon uning peshtaxtasi oldida muxlislari navbat kutadigan bo‘ldi. «Men bunday bo‘lishini xayolimga ham keltirmagandim, ishonish qiyin», — deydi Lyu.

U model va videobloger sifatida faoliyat yuritadi. «Meni suratga olayotgan odamlar baliq xarid qilishini ko‘proq istardim», — deydi u jurnalistlarga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik baliq sotuvchi qiz internetda mashhur bo‘lib ketdi