20:41 / 30.12.2018
4 061

Putin o‘nlab siyosatchilarni tabrikladi, Ukraina va Gruziya rahbarlari esa chetda qoldi

Putin o‘nlab siyosatchilarni tabrikladi, Ukraina va Gruziya rahbarlari esa chetda qoldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezidentlar, bosh vazirlar hamda boshqa siyosiy va jamoatchilik arboblariga yangi yil tabrigi yo‘lladi. Tabrik matni Kreml matbuot xizmati tomonidan keltirildi.

Putin 40 nafarga yaqin davlat rahbarini tabriklagan, jumladan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni ham. Bu ro‘yxatda Ukraina prezidenti Petro Poroshenko hamda Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili yo‘q.

Putin har bir davlat rahbari uchun yo‘llagan tabrigida o‘zaro aloqalardagi erishilgan yutuqlarni e’tirof etgan. Lekin Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va bosh vazir Tereza Meyga yo‘llagan tabrigida faqat «mustahkam sog‘liq, baxt va muvaffaqiyatlar» tilash bilan cheklangan.

Suriya prezidenti Bashar Asadga tabrigida esa Putin Rossiya kelgusida ham ushbu mamlakat suverenitetini himoya qilishda hamkorlik qilishiga va’da bergan.

AQSh prezidenti Donald Trampga tabrigida Putin «Rossiya-Amerika munosabatlari xalqaro xavfsizlik va strategik barqarorlik ta’minlanishida muhim omil kasb etishi»ni qayd etgan. U Moskva tomoni muloqotlar uchun doimo ochiqligini ta’kidlab o‘tgan.

Bundan tashqari, Putin Abxaziya va Janubiy Osetiya yetakchilariga (Rossiya bu davlatlar mustaqilligini rasman tan olgan, Gruziya hamon bu hududlarni o‘ziniki hisoblaydi) ham tabrik yo‘llagan.

Dekabr oyi boshida rossiyaliklar yetakchisi Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning qo‘ng‘irog‘ini e’tiborsiz qoldirgandi, o‘shanda Poroshenko ukrainalik harbiylar Kerch bo‘g‘ozida yuzaga kelgan vaziyat tufayli qo‘lga olinishi masalasini muhokama qilmoqchi edi. Putin o‘z harakatini Poroshenkoning saylovoldi kampaniyasida ishtirok etish niyatida emasligi bilan izohlagandi.

Saylovda g‘olib bo‘lishi bilanoq, 29 noyabr kuni Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Janubiy Osetiya va Abxaziyadagi jinoyatlarini eslatib, rasmiy Moskva bilan hamkorlik qilmasligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin o‘nlab siyosatchilarni tabrikladi, Ukraina va Gruziya rahbarlari esa chetda qoldi