14:53 / 01.01.2019
3 725

Tramp Yangi yil murojaatnomasida o‘zini maqtadi

Tramp Yangi yil murojaatnomasida o‘zini maqtadi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z Twitter’dagi rasmiy sahifasida Yangi yil tabrigini e’lon qildi va unda prezident ma’muriyati ikki yil ichida juda ko‘p muvaffaqiyatlarga erishgani haqida yozdi, deb xabar berdi «Daryo».

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Amerika iqtisodiyoti sezilarli darajada rivojlanmoqda. Shuningdek, u «uzoq yillar ichida birinchi marta» oylik maoshlar osha boshlaganini ham aytib o‘tdi. Prezident endilikda amerikaliklar ikki yoki uchta joyda emas, bitta joyda ishlashi mumkinligini qayd etdi.

Bundan tashqari, Tramp AQShning Meksika, Kanada va Janubiy Koreya bilan yangi savdo shartnomalarini imzolashga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi. U AQSh elchixonasini Isroildan Quddus shahriga ko‘chirgani bilan ham maqtandi. Tramp tabrik yakunida mamlakatning Meksika bilan chegarasida devor qurish kerakligi, bu esa jinoyatchilikning oldini olishini qayd etgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Yangi yil murojaatnomasida o‘zini maqtadi