15:25 / 01.01.2019
3 377

Qozog‘istonda xorijliklar uchun elektron vizalar joriy etildi

Qozog‘istonda xorijliklar uchun elektron vizalar joriy etildi
Foto: «Turon 24»
2019 yil 1 yanvardan Qozog‘istonda chet elliklarning kirish-chiqishi uchun elektron viza joriy etildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligiga tayanib, «Turon 24» xabar berdi. Bunday vizalar bir marta foydalanish uchun beriladi.

Elektron viza (biznes, turistik va davolanishga) Qozog‘iston tomonining amaldagi taklifi asosida, belgilangan tartibda ichki ishlar vazirligi migratsiya xizmati tomonidan rasmiylashtiriladi. Xorijliklar ushbu viza bilan Ostona va Olmaota shaharlaridagi xalqaro aeroportlar orqali Qozog‘istonga kirishi yoki chiqishi mumkin.

Elektron turistik vizalardan 117 davlat fuqarolari, biznes va davolanishga beriladigan vizalardan 23 davlat fuqarolari foydalana oladi.
Elektron vizalar faqat viza oluvchilar uchun joriy etiladi va ularga hamrohlik qilganlarga tegishli bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda xorijliklar uchun elektron vizalar joriy etildi