20:04 / 01.01.2019
4 666

1 yanvardan Moskvada migrantlar uchun mehnat patenti narxi oshadi

1 yanvardan Moskvada migrantlar uchun mehnat patenti narxi oshadi
Moskvada migrantlar uchun 2019 yil 1 yanvardan mehnat patenti narxi 4,5 ming rubldan 5 ming rublgacha oshirildi.

2018 yil noyabr oyining oxirida tegishli o‘zgartirishlar Moskva shahar dumasi yig‘ilishiga kiritildi va qabul qilindi.

Moskva shahar dumasining iqtisodiy siyosat va moliya bo‘yicha komissiyasi raisi Lyudmila Guseva fikricha, tegishli ta’lim va Moskvada ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan mehnat migrantlari Rossiya poytaxtiga kelishi kerak.

Avvalroq, u chet elliklar uchun patent narxining oshishi bo‘yicha chora mamlakat byudjetini to‘ldirishga yordam berishi, olingan mablag‘lar esa ijtimoiy ehtiyojlarga sarflanishini qayd etib o‘tgandi.

Moskva shahar dumasi bilan deyarli bir vaqtning o‘zida Moskva oblasti dumasi ham migrantlar uchun mehnat patenti narxini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 2019 yil 1 yanvardan boshlab u 450 rublga qimmatlashdi - 4,75 ming rublgacha.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 1 yanvardan Moskvada migrantlar uchun mehnat patenti narxi oshadi