10:18 / 02.01.2019
4 006

Tojikistonda oylarning nomlarini o‘zgartirish taklif qilindi

Tojikistonda oylarning nomlarini o‘zgartirish taklif qilindi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i faollaridan biri, tojikistonlik Amrulloh Nizom mamlakatda oylarning nomlarini o‘zgartirishni taklif qilmoqda. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar berdi.

Uning fikricha, Tojikistonda hijriy yil hisobi qaytarilishining ko‘plab sabablarga ko‘ra iloji yo‘q. «Biz Grigorian taqvimiga ko‘nikib qolganmiz», deb hisoblamoqda u. Biroq, Amrulloh Nizom oylar nomlarini geografik nomlar, tarixiy voqealar va mashhur shaxslar sharafiga qayta nomlasa bo‘lishini bildirmoqda. U oylarni quyidagicha qayta nomlashni taklif qildi:

Yanvar — Soson, Sosoniylar davlati sharafiga;
Fevral — Somon, Somoniylar davlati asoschisi sharafiga;
Mart — Navro‘z, Navro‘z bayrami sharafiga;
Aprel — No‘’mon, hanafiy mazhabi asoschisi Imomi A’zam (No‘’mon ibn Sobit) sharafiga;
May — Nosir, faylasuf, shoir Nosir Husrav sharafiga;
Iyun — Bo‘xtar, Baqtriya davlati sharafiga;
Iyul — Ashkon, Ashkoniylar davlati sharafiga;
Avgust — Rudakiy, tojik mumtoz adabiyoti asoschisi sharafiga;
Sentyabr — Donish, ma’rifatparvar Ahmad Donish sharafiga;
Oktyabr — Ayniy, tojik adibi Sadriddin Ayniy sharafiga;
Noyabr —Sino, buyuk olim Abu Ali ibn Sino sharafiga;
Dekabr — Yaldo, yilning eng uzoq kuni sharafiga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda oylarning nomlarini o‘zgartirish taklif qilindi