15:49 / 02.01.2019
4 257

Moskvada 1 yanvardan migrantlar uchun mehnat patenti narxi oshdi

Moskvada 1 yanvardan migrantlar uchun mehnat patenti narxi oshdi
Moskvada migrantlar uchun 2019 yil 1 yanvardan mehnat patenti narxi 4,5 ming rubldan 5 ming rublga oshirildi.
Moskva shahar dumasi bu haqdagi qarorni 2018 yil noyabr oyining oxirida qabul qilgan edi.

Moskva shahar dumasining iqtisodiy siyosat va moliya bo‘yicha komissiyasi raisi Lyudmila Guseva “biror-bir ta’lim hamda Moskvada ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan mehnat migrantlarigina Rossiya poytaxtiga kelishi kerak”ligini aytgan.

Bundan avval u chet elliklar uchun patent narxini oshirish mamlakat byudjetini to‘ldirishga yordam berishi, olingan mablag‘lar esa ijtimoiy ehtiyojlarga sarflanishini aytgan edi.

Moskva shahar dumasi bilan deyarli bir vaqtda Moskva viloyati dumasi ham migrantlar uchun mehnat patenti narxini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 2019 yil 1 yanvardan boshlab u 450 rubl qimmatlab, 4750 rublga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada 1 yanvardan migrantlar uchun mehnat patenti narxi oshdi