20:04 / 02.01.2019
4 977

Yaponiyada yuzlab yillarga yetadigan noyob qazilma boylik topildi

Yaponiyada yuzlab yillarga yetadigan noyob qazilma boylik topildi
Foto: greenp/iStock
Geologlar Yaponiya qirg‘oqbo‘yi hududida nodir metallarning ulkan konini aniqlashdi. Xomaki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yerda kamida 16 mln. tonna kamyob metall bor, deb yozmoqda «Xabar» nashri.

Ma’lumki, nodir metallar asosan elektronika qurilmalarida ishlatiladi: telefonlar uchun akkumulyatorlar, elektromobillarning platalari va hokazo. Bu soha yetakchilaridan bo‘lgan Yaponiyada noyob xazinaning topilishi kelgusida global bozorda jiddiy o‘zgarishlar yasashi ehtimoldan xoli emas, negaki, dunyodagi jami nodir metall konlari asosan Xitoyda joylashgan...

Nodir metallar konlari Minamitori orolida topildi (Tokiodan 1850 kilometr olisda joylashgan). Barcha turdagi kamyob metallar bor, aytishlaricha, bu yerda aniqlangan ittriy jahon talabini qondirish uchun 780 yilga, disproziy 730 yilga, yevropiy 620 yilga, terbiy 420 yilga yetarkan.

Yapon mutaxassislari endi bu konni samarali qazib olish bo‘yicha aniq rejalar tuzishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada yuzlab yillarga yetadigan noyob qazilma boylik topildi