22:25 / 02.01.2019
3 726

O‘zbekiston bilan chegarada xalqaro hamkorlik kompleksi quriladi

O‘zbekiston bilan chegarada xalqaro hamkorlik kompleksi quriladi
O‘zbekiston bilan chegarada xalqaro hamkorlik kompleksi quriladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ma’lum qildi, deya xabar beradi «Daryo».

«Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida ‘Xorgos’ xalqaro chegara hamkorligi markazi qurayotganimizdan xabaringiz bor. Bunday kompleks Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida ham paydo bo‘ladi, deb o‘ylayman», — dedi Nursulton Nazarboyev.

Uning aytishicha, bunday markazning qurilishi ushbu hududda yangi aholi punkti paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

«Har ikki tomondan qurilish olib borish lozim va bu yerda yangi katta shahar paydo bo‘lishi mumkin. Hozirda ushbu masalani muhokama qilyapmiz», — izoh berdi Nazarboyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston bilan chegarada xalqaro hamkorlik kompleksi quriladi