11:38 / 03.01.2019
4 139

AQSh Afg‘oniston bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi

AQSh Afg‘oniston bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonda o‘z harbiy ishtirokini ikki barobar qisqartirish niyatida, deb yozmoqda Kun.uz xorij matbuotiga tayangan holda.

Manbaning aytishicha, Afg‘onistondagi AQSh va NATO qo‘shinlari qo‘mondoni, general-leytenant Skott Miller mintaqada joylashtirilgan 14 ming askardan taxminan 7 ming askarni mamlakatdan olib chiqib ketadi. Uning baholashicha, qo‘shinlarni olib chiqish jarayoni 8 oydan 12 oygacha davom etadi.

Shu bilan birga, manba qayd etishicha, AQShning zarba berish guruhlari «Tolibon» jangarilari pozitsiyalariga hujum qilish uchun Afg‘onistonda qoladi.

2018 yil oxirida Oq uy Amerika yetakchisi Donald Tramp Afg‘onistondagi AQSh harbiy ishtirokini kamaytirishga buyruq bermagani haqida ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Afg‘oniston bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi