18:08 / 05.01.2019
5 987

Xitoyda 2019 yilning 1 yanvaridan benzin bepul berilmoqda (foto)

Xitoyda 2019 yilning 1 yanvaridan benzin bepul berilmoqda (foto)
Foto: ca-irnews.com
Xitoyda 2019 yilning 1 yanvaridan bepul benzin paydo bo‘ldi. Bu ma’lumotni mamlakat hukumati ham rasman tasdiqladi. 2018 yili «bepul benzin» tajribasi mamlakatning ikki provinsiyasida sinov tariqasida joriy etilgandi.

«Garchi bu g‘oya Stalin tomonidan ilgari surilgan va keyinchalik Mao Szedun tomonidan qo‘llab quvvatlangan bo‘lsa-da, ushbu islohotga uch yil hozirlik ko‘rdik. Biz uzoq vaqt kutishga mahkum etilgan xalqimizdan uzr so‘raymiz. O‘zimizga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz», — dedi XXR energiya resurslari vaziri Lyan Chjan.

Amaldagi qonunchilikkka ko‘ra, amaldorlardan tashqari, Xitoyning har bir fuqarosi oyiga 150 litrgacha bepul benzin olishga haqli. Keyinchalik bepul benzin miqdorini 200 litrgacha yetkazish rejalashtirilgan. Taqsimot kartochkalar orqali amalga oshiriladi. Benzin quyish shoxobchalari qimmatbaho mashinalar, jumladan, limuzinlarga bepul benzin bermaslik huquqiga ega.

«Resurslar xalqqa tegishli, u bundan istaganicha foydalanishi mumkin emas deb o‘ylash jinoyatga teng», — deyiladi mamlakat kompartiyasi matbuot xizmati bayonotida.

XXRda imkon qadar xalqqa qulay bo‘lsin deyarli har yili deb yonilg‘i narxini pasaytirib kelishadi. Masalan, 2015 yil davomida Xitoy hukumati benzin bahosini 12 marotaba (!) tushirdi.

Xitoyda neft mahsulotlari narx-navosi har 10 kunda qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda albatta global neft bozoridagi narxlar ko‘tarilishi va pasayishi inobatga olinadi. Qachonki jahon bozorida neftning bir tonnasi 50 yuanga yetsa va oshsagina Xitoy yonilg‘i narx siyosatini o‘zgartirishga kirishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda 2019 yilning 1 yanvaridan benzin bepul berilmoqda (foto)