19:37 / 05.01.2019
4 172

Konor Makgregor farzandli boʻldi (foto)

Konor Makgregor farzandli boʻldi (foto)
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 2 marta otalik baxtiga muyassar boʻldi.

“Ikki sogʻlom farzandim va gʻayratli, super onasi bilan uyga qaytyapmiz. Bu 2019 yilning eng quvonchli boshlanishidir. Barchaga ajoyib tilaklar uchun minnatdorchilik izhor etaman”, — deb yozadi Konor oʻzining Instagram sahifasida.

Uning birinchi farzandi Konor Jek Makgregor 2017 yilda tugʻilgan. Konorning oʻgʻli 1 yoshdan oshgan boʻlishiga qaramasdan, u otasi bilan mashgʻulotlarda qatnashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Konor Makgregor farzandli boʻldi (foto)
[/banner_pushhouse