13:45 / 06.01.2019
6 288

Ayollar uchun eng xavfli davlatlar o‘ntaligi ma’lum qilindi

Ayollar uchun eng xavfli davlatlar o‘ntaligi ma’lum qilindi
Reuters axborot agentligi ayollar uchun eng xavfli davlatlar o‘ntaligini tuzdi. Bunday davlatlar qatoriga Hindiston, Afg‘oniston, Suriya, Somali va hattoki AQSh kirgan.

Ro‘yxat ayollar uchun bir qator omillar, jumladan sog‘liqni saqlash, tahqirlash, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlik, odam savdosi kabi xavflar darajasi hisobga olingan holda tuzilgan.

Reytingga ko‘ra, ayollar uchun eng xavfli davlat deb Hindiston topilgan. Mutaxassislarni bu mamlakatda jinsiy zo‘ravonlik va odam savdosi tarqalganligi hamda xavfli milliy urf-odatlar xavotirga solgan.

2-o‘rinni Afg‘oniston egallagan. Bu davlatda ayollar jangarilar harakatlaridan aziyat chekadilar. Shuningdek, afg‘on ayollari tibbiy xizmat ko‘rsatilishi va ishga joylashishda muammolarga to‘qnash keladilar.

Keyingi o‘rinni bir necha yillardan beri jangovar harakatlar to‘xtamayotgan Suriya egallagan. Bu yerda ayollar tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishida muammolar his qiladilar hamda zo‘ravonliklarga uchraydilar.

4-9-o‘rinlarni Somali, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Kongo, Yaman va Nigeriya egallagan. Reyting mualliflari AQShni 10-o‘ringa qo‘yishgan. Ular bu yerda ayollarning jinsiy zo‘ravonliklarga uchrashlarini qayd qilib o‘tishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayollar uchun eng xavfli davlatlar o‘ntaligi ma’lum qilindi