Bishkekning markaziy maydoni Ala-Tooga Qirg‘izistondan xitoylik noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborish talabi bilan bir necha yuz kishi chiqdi. Namoyishchilar, shuningdek, hukumatdan Xitoydagi “siyosiy qayta tarbiyalash lagerlari”da ushlab turilgan qirg‘izlarning ozod etilishida ko‘mak ko‘rsatishni talab qilishgan deb yozmoqda Kun.uz nashri.
“Respublikamizda bir necha yuz va balki undan ko‘proq xitoylik noqonuniy ravishda qolmoqda. Ular bozorlarda, tog‘-kon va boshqa sohalarda ishlaydilar. Biz ularning deportatsiya qilinishini talab qilamiz”, deb aytgan namoyishchilardan biri.
Namoyishchilar agar hukumat ularning talablarini inobatga olmasa, unda 17 yanvarda yana shunday talablar bilan namoyish o‘tkazishlarini aytishgan.
Avvalroq Xitoy shimolidagi Sinszyan-Uyg‘ur muxtor okrugida mahalliy aholi (uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar, o‘zbeklar) “qayta tarbiyalash”ga jo‘natilayotgan siyosiy lagerlar faoliyat yuritayotgani ma’lum qilingan. 2018 yilda bunday “tarbiyalanuvchilar” soni 1 millionga yaqinni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi