15:46 / 09.01.2019
4 428

Tinch okeanidagi kemada 3 ming 800 ta mashina yonib ketdi

Tinch okeanidagi kemada 3 ming 800 ta mashina yonib ketdi
Tinch okeanida bortida 3,8 mingta avtomobil boʻlgan kemada yongʻin yuzaga keldi. Bu haqda Associated Pressʻga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

198 metrlik Sincerity Ace kemasida yongʻin oʻtgan hafta, Yaponiyadan Gavayiga mashinalarni olib oʻtish vaqtida yuzaga kelgan. Bortda 21 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Ularning 16 nafari qutqarildi, toʻrt nafarining jasadi suvdan topildi, bir kishi bedarak yoʻqoldi.

Nissan konsernidan tasdiqlashlaricha, kema bu markadagi 3,5 mingta avtomobilni olib oʻtayotgan boʻlgan. Bundan tashqari, bortda uch yuztadan ziyod yengil mashina hamda qurilish texnikasi bor edi. Kompaniya yuklarning holati haqida maʼlumotga ega emas. Nissan vakillari dengizchilar va qutqaruvchilar hayoti borasida xavfsiramoqda.

Yongʻin sabablari hozircha nomaʼlum. Sincerity Aceʻdagi yongʻin hali ham davom etyapti va u oqim boʻyicha ekipajsiz harakatlanmoqda.
[media=https://www.youtube.com/embed/tswY5KuXs4w]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tinch okeanidagi kemada 3 ming 800 ta mashina yonib ketdi