Fransiyaning Yura va Du departamentlaridagi qidiruv operatsiyasi davomida mamlakat harbiy-havo kuchlarining Mirage 2000D qiruvchi samolyoti boʻlaklari topildi. Samolyot 9 yanvar ertalab radarlar ekranidan yoʻqolib qolgandi.
France 3 telekanalining maʼlum qilishicha, samolyot ekipaji ikki aʼzosining taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda. Taxmin qilinishicha, ulardan biri katapulta qilishga ulgurgan, chunki voqea joyida parashyut topilgan.
Fransiya mudofaa vazirligi samolyot falokatga uchraganini tasdiqlagan va u mamlakat sharqida mashgʻulot parvozi vaqtida past balandlikda uchayotganda qulaganini qoʻshimcha qilgan. Qidiruv operatsiyasi davom ettirilmoqda, voqea sabablari oʻrnatilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi