09:48 / 11.01.2019
5 001

Dunyoning eng badavlat odamining ajrashishiga aslida nima sabab bo‘ldi?

Dunyoning eng badavlat odamining ajrashishiga aslida nima sabab bo‘ldi?
Amazon asoschisi va dunyoning amaldagi eng boy odami Jeff Bezos 25 yillik birgalikdagi turmushdan keyin rafiqasi 46 yoshli Makkenzi Tattl bilan boshqa bir ayol – sobiq teleboshlovchi, 49 yoshli Loren Sanchez sababli ajrashmoqda.

The Mirror nashrining ma’lum qilishicha, o‘tgan kuzda Sanchezning o‘zi 12 yillik turmush o‘rtog‘i – Gollivud agenti Patrik Uaytsell bilan birgalikdagi turmushiga nuqta qo‘yishga qaror qilgan. Sanchez 3 farzandni tarbiyalaydi. Juftlik birga yashamaydi, biroq rasman ajrashmagan. Ularning Sietldagi uyi Bezosning uyi yonida joylashgan.

Ma’lum qilinishicha, Loren Sanchez vertolyot uchuvchisi mutaxassisligiga ega va Bezosning Blue Origin kompaniyasi loyihasida ishlagan. Sanchez va Bezos oxirgi oylar birgalikda ko‘p vaqt o‘tkazishgan.

Bu orada Bezosning rafiqasi Makkenzi Tattl ajrashishdan keyin dunyodagi eng badavlat ayolga aylanishi mumkin. Bezosning hozirgi boyligi 137 mlrd dollarni tashkil qiladi va Tattl bu qiymatning yarmini olishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng badavlat odamining ajrashishiga aslida nima sabab bo‘ldi?