Meksika va AQShning Arizona shtati chegarasida o‘n metrli yerosti yo‘li topildi. Bu haqda The Hill nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Meksika hukumati mazkur yerosti yo‘lidan ikki mamlakat o‘rtasida giyohvand moddalar va odamlarni o‘tkazishda foydalanilgan deb taxmin qilmoqda. Nashrning qayd etishicha, bu keyingi bir oy davomida aniqlangan uchinchi lahmdir.
O‘tgan yilning avgustida giyohvand modda bilan savdo qiluvchilar foydalanuvchi yerosti yo‘li San Luis shahrida topilgandi. Yerosti yo‘liga olib tushadigan tuynuk tashlandiq KFC restorani ichida bo‘lgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada devor qurish talabi bilan chiqqan bo‘lib, kongressda devor qurilishi uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha kelishmovchiliklar bo‘layotgani sababli hukumat ishi to‘xtab qoldi – 22 dekabrdan buyon shatdaun davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi