3 793
Belorussiya muxolifatchilari Rossiya telekanallari namoyishi toʻxtatilishini talab qilmoqda
Belorussiyadagi “Belorussiya xalq fronti” muxolifatchi partiyasi vakillari 2019 yilni mamlakatda belorus tili yili deb eʼlon qildi. Bundan unumli foydalangan holda ular mamlakat ichkarisida asosan belorus tilida gapirishni barchadan talab qilmoqda.
Jurnalistlardan esa Rossiya haqida axborotlar tarqatish bas qilinishini talab qilishgan. Ularning aytishicha, Belorussiya ichkarisida Rossiya telekanallari oʻrnini yo mahalliy, yo Yevropa telekanallari egallashi kerak emish. Bundan tashqari, taʼlim sohasida ham faqat davlat tili hukm surishi shart ekan.
— Rossiya telekanallari ikki davlatni bir-biriga yovlashtirish uchun xizmat qilyapti, — deyishdi muxolifatchilar. — Bunday telekanallarni yoʻq qilish kerak. Ularning bizga keragi yoʻq…
Muxolifatchilar yana shuni taʼkidladiki, beloruslarning koʻpchiligi allaqachon Rossiya telekanallarinigina tomosha qilishga, oʻzaro rus tilidagina muloqot qilishga odatlanishgan. Agar ahvol shunday davom etadigan boʻlsa, Rossiya tanklari bir kun mamlakatga kirib keladi-yu, ruscha gapirmaydiganlarni qira boshlaydi. Ruscha gapirganlarni esa himoya qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?