09:10 / 14.01.2019
4 286

Samara viloyatida oʻquvchilar muallimasini shafqatsizlarcha kaltakladi…

Samara viloyatida oʻquvchilar muallimasini shafqatsizlarcha kaltakladi…
Rossiyaning Samara viloyatida joylashgan Sыzran shahridagi oʻrta maktabda aqlga sigʻmas jinoyat sodir etildi. Yuqori sinf oʻquvchilari oʻz muallimasini shafqatsizlarcha kaltakladi. Oqibatda muallima ogʻir ahvolda kasalxonaga olib ketildi.

Ichki ishlar xodimlarining gapiga koʻra, muallima yoʻlakda bir-biri bilan mushtlashayotgan oʻgʻil bolalarni koʻrib qolgan va ularni ajratishga uringan. Shu payt kutilmaganda boshi aralash kuchli zarba yoʻllangan. Agar bu zarbani bir oʻquvchi yoʻllagan boʻlsa, ketidan boshqa oʻgʻil bolalar ham muallimaga tashlangan. Ayol hushidan ketib yiqilgan. Nonkoʻr oʻquvchilar esa yotgan yerida muallimani tepkilashgan.

Vrachlar ayolga yopiq turdagi bosh chanogʻi-miya jarohati tashhisini qoʻyishgan.
Ayni paytda mushtumzoʻr oʻquvchilar qoʻlga olingan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Samara viloyatida oʻquvchilar muallimasini shafqatsizlarcha kaltakladi…