14:18 / 14.01.2019
4 236

Buyuk Britaniya MDH davlatlaridan kelib tushayotgan shubhali pullarga "ov" e’lon qildi

Buyuk Britaniya MDH davlatlaridan kelib tushayotgan shubhali pullarga "ov" e’lon qildi
Buyuk Britaniyada firibgarlik, korrupsiya va pul yuvish bilan kurashish uchun maxsus guruh shakllantiriladi, deya xabar bermoqda Kun.uz nashri Deutsche Welle xabariga tayangan holda.

Guruhga moliya vaziri Filip Xammond va ichki ishlar vaziri Sajid Javid rahbarlik qiladi. Shuningdek, Santander, Lloyds va Barclays banklari vakillari pul yuvish bilan kurashishadi.

Maxsus guruh asosan Rossiya va sobiq SSSR respublikalari, Osiyo mamlakatlari hamda Nigeriyadan moliyaviy oqimlarni kuzatib boradi. Britaniya Moliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda har yili moliyaviy jinoyatlar umumiy miqdori 14,4 milliard funt sterling (16,4 milliard yevro)ni tashkil qiladi.

Javidning ma’lum qilishicha, «o‘z cho‘ntagini «kir» pullar bilan to‘ldirayotgan va qonun bo‘ysunadigan fuqarolar hisobidan dabdabali hayot kechiradigan korrupsiyalashgan firibgarlarga» barcha jabhalarda kurash olib boriladi.

Britaniya Ichki ishlar vazirligi yaqin ikki yil ichida shubhali tranzaksiyalarni aniqlash tizimini takomillashtirish uchun maxsus guruhga 3,5 million funt sterling (3,9 million yevro) ajratishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniya MDH davlatlaridan kelib tushayotgan shubhali pullarga "ov" e’lon qildi