11:02 / 15.01.2019
3 483

Moldovalik sportchi 60 daraja sovuqda 50 kmlik masofani yugurib o‘tdi

Moldovalik sportchi 60 daraja sovuqda 50 kmlik masofani yugurib o‘tdi
Moldovalik ekstremal sportchi Dmitriy Voloshin Yoqutistonning Oymyakon ulusida 60 daraja sovuqda 50 kmlik masofani yugurib o‘tdi.

“14 yanvarda Dmitriy Voloshinning dunyoning eng sovuq nuqtasi – harorat 71 daraja sovuqqacha tushadigan Oymyakon ulusida xayriya yugurishi bo‘lib o‘tdi. Dmitriy 60 daraja sovuqda 50 km masofani yugurib o‘tdi. Meteorologik ma’lumotlarga ko‘ra, his qilinuvchi harorat 67 daraja sovuqni tashkil qilgan”, deb aytilgan xabarda.

Sportchi bu masofani 6 soatda bosib o‘tgan.

“Bu sport faoliyatimdagi eng og‘ir sinov bo‘ldi. Bu ochiq koinotga chiqishga o‘xshaydi, dahshatli sovuq va havo yetishmaydi. Hech qanday kiyim-bosh seni bunday sovuqdan himoya qila olmaydi. Umid qilamanki, yugurish vaqtida yuzimni sovuq urmadi. Nafas olish juda qiyin bo‘ldi, havoda kislorod juda kam, niqob esa muz bilan to‘lgan. Shu yerda menga nafasni ushlab turish bo‘yicha g‘avvoslik tajribam asqatdi”, deb aytgan sportchi.

Ushbu yugurish tashkillashtirilgan xayriya loyihasining bosh maqsadi bolalar serebral falaji muammosiga e’tibor jalb qilish va bu kasallikdan aziyat chekuvchi bolalarga yordam berishdan iborat bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moldovalik sportchi 60 daraja sovuqda 50 kmlik masofani yugurib o‘tdi