Eron 15 yanvarda sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqa olmadi. Qurilma belgilangan orbitaga chiqa olmagan, deb xabar berdi Eron televideniyesiga tayanib Kun.uz nashri.
Eronning telekommunikatsiya ishlari vaziri Muhammad Javod Azariyning aytishicha, muvaffaqiyatsizlik raketa-tashuvchining 3-pog‘onasidagi muammo bilan bog‘liq bo‘lgan.
Tehrondagi Amirkabir texnologik universiteti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Payom-a-Amirkabir” sun’iy yo‘ldoshi kosmik observatoriya bo‘lib xizmat qilishi kerak bo‘lgan. Ushbu qurilma Eron hududi suratlarini uchta spektrda uzatishi va koinotda radiatsiya nurlanishi o‘lchovlarini olib borishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?