11:38 / 17.01.2019
3 069

Simona Xalep: "Menga Messi va Ronaldudan ko‘ra, George Xaji ko‘proq yoqadi"

Simona Xalep: "Menga Messi va Ronaldudan ko‘ra, George Xaji ko‘proq yoqadi"
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep futbol yulduzlari ichida qay biri uning kumiri ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

"George Xaji men uchun qahramon bo‘lgan. U bilan tanishish baxtiga muyassar bo‘lganimdan xursandman. U mening yutuqlarim haqida xabardor ekanini bilganimda juda faxrlanganman.

Hozir barcha Messi yoki Ronaldu haqida tortishadi. Men uchun ularning har ikkisi bir xilda buyuk futbolchidir. Ular boshqa-boshqa insonlar, lekin ayni kundagi eng mashhur futbolchilardir", - deydi Xalep.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Simona Xalep: "Menga Messi va Ronaldudan ko‘ra, George Xaji ko‘proq yoqadi"